Bugungi dunyo suratlarda -13-sentabr, 2018
Afg'onistonning 25 yoshli Charli Chaplini Karim Asir namoyishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Kobul, Afg'oniston.
Daryo o'zanida qurilishi noqonuniy bo'lgani sababli hukumat buzdirib tashlagan savdo markazi xarobalarida odamlar qurilish materiallarini saqlab qolishga urinmoqda. Nairobi, Keniya.
Sobiq BMT Kotibi Koffi Annan bilan vidolashuv. Gana.
Albinos Bengal yo'lbarsi. Chittagong, Bangladesh. 2018-yil, 12-sentabr.
Veterinar saqlab qolingan qora gibbon bolasini tekshirmoqda. Indoneziya.
Isroillik Nikol Zelikman badiiy gimnastika bo'yicha jahon chempionati finalida ishtirok etmoqda. Bolgariya. 2018-yil, 11-sentabr.