Bugungi dunyo suratlarda - 18-oktabr, 2018

Qrim politexnika kollejida sodir bo'lgan jinoyat qurbonlari nomiga ibodat qilayotgan ayol. 

Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistoni konsulligini tekshiruvdan o'tkazmoqda. 

Vertolyotdan olingan suratda zilzila va to'fondan zarar ko'rgan hududda dizinfeksiya ishlari amalga oshirilayotgani aks etgan. Vayronalar ostida ko'plab jasadlar qolib ketgan bo'lishi mumkin. Palu, Indoneziya. 
 

Ustalar Hindiston mustaqilligi yetakchisi Sardor Vallabxay haykaliga ishlov bermoqda. U dunyodagi eng baland yodgorlik bo'lishi kutilmoqda. Gujarot shtati, Hindiston. 

Og'ir yog'ingarchiliklar yetkazgan zarar. Mamdia, Tunis.
 

Dinozavrlar davriga oid yirtqich baliq. Germaniya.
 

Kuz manzaralari. Britaniya.