Bugungi dunyo suratlarda - 14-noyabr, 2018
Daka shahridagi to'qnashuvlarda Bangladesh Natsionalistlar partiyasining faollari politsiya mashinasiga zarar yetkazmoqda.
Ifloslangan Yamuna daryosida Quyosh xudosiga ibodat oldidan. Nyu-Deli, Hindiston.
Myanma Davlat maslahatchisi Au San Su Chi va AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pens Singapurda uchrashdi.
AQShga yo'l olgan minglab Markaziy Amerika migrantlaridan biri mashina to'xtatishga urinmoqda. Guadalajara, Meksika. 2018-yil, 13-noyabr.
Qutqaruvchilar Kaliforniya shtatida yuz bergan yong'indan keyin odamlar jasadini izlamoqda.
Ichimlik suvi olib kelishga ketayotgan qiz. Yaman.
Yenisey daryosi sohilida qirov va qor bilan qoplangan daraxtlar. Krasnoyarsk, Rossiya. 2018-yil. 13-noyabr.
Benzinga navbat kutib. San Kristobal, Venesuela.