Bugungi dunyo suratlarda - 23-noyabr, 2018

Ayollar huquqlarining poymol etilishiga qarshi namoyish. Filippin.

Pokistonda Xitoy konsulligi oldida yuz bergan qurolli hujumda ikki politsiyachi va ikki fuqaro halok bo'ldi. 23-noyabr, 2018.

Black Friday - "Qora juma" kunida arzonlashtirilgan savdo avjida. Nyu-York. 

Isyonchi guruh yetakchisi Ozod Ahmad Malik dafn marosimini daraxtga chiqib tomosha qilayotgan kashmirliklar. 

 

Avstraliyada o'rmon yong'ini. 

AQShga yo'l olgan gonduraslik migrant bolakay Meksika politsiya punktida o'ynamoqda.

To'lin oy ko'tarilar ekan, kran ustiga o'rnashganday ko'rinmoqda. Frankfurt, Germaniya.

Qahraton kunlarda. Moskva, Rossiya.