Bugungi dunyo suratlarda - 26-noyabr, 2018
Robot tadqiqot mashinasi Mars planetasiga olti oylik parvozdan so'ng muvaffaqiyatli qo'nganini nishonlayotgan NASA xodimlari. 26-noyabr, 2018.
Ukraina o'ngchi guruh faollari parlament qarshisida uyushtirgan namoyishda mamlakatda harbiy holat e'lon qilib, Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzishni talab qilmoqda. Kiyev.
AQSh chegarasida ko'zni yoshlantiruvchi gazdan qochayotgan migrantlar oilasi. Tixuana, Meksika. 25-noyabr, 2018.
Amerikaning ba'zi shtatlariga qalin qor yog'di. Arlington Xayts, Illinois.
Xavfsizlik xizmati askari portlash sodir bo'lgan savdo obyektini nazorat qilmoqda. Somali.
Kafeda xizmat qilayotgan robotlar. Tokio, Yaponiya.
Kabutarlar qurshovida. Moskva, Rossiya.
Rojdestvo savdo mavsumi boshlandi. Frankfurt, Germaniya.
Rojdestvo bayrami oldidan chiroqlar festivaliga start berildi. Monterrey, Meksika. 25-noyabr, 2018.