Bugungi dunyo suratlarda - 13-dekabr, 2018

Fransiya xavfsizlik kuchlari Strasburgda 11-dekabr kuni savdo majmuasida odamlarga o'q uzgan jinoyatchini qo'lga olishga safarbar qilingan.

It yili yakunlanib, to'ng'iz yili boshlanar ekan, ishchilar mehmonxona oynalarini ana shu jonivorlar qiyofasida tozalamoqda. Tokiyo, Yaponiya.

Plyonka tortilgan oynadan tashqarini kuzatayotgan kashmirliklar. Hindiston. 

"Olimpiyskiy" stadionining muz bosgan zinalari. Kiyev, Ukraina.

Gonduraslik migrantlar AQSh chegarasidan noqonuniy yo'l bilan o'tmoqda. Tixuana, Meksika. 

Sportchi chavandoz Rayder Vrayt musobaqada otdan yiqildi. Las-Vegas. 

Anqara temiryo'llarida yuz bergan halokat natijasida 9 kishi o'lgan, 50 nafar odam jarohatlangan. 

Jennifer Lopez "Ikkinchi akt" premyerasida. Nyu-York. 12-dekabr, 2018.