Bugungi dunyo suratlarda - 14-dekabr, 2018

Fransuz politsiyasi Strasburgdagi soborda xavfsizlikni ta'minlashga safarbar qilingan.

Aynan shunday surat bundan 100 yil avval - 1918-yilgi umummilliy saylov kunida hukumat binosi qarshisida olingan edi. Shin Feyn ana shu afsonaviy suratga qaytadan tushib, muhim sananing yuz yilligini nishonlamoqda. Dublin, Irlandiya.

BMTning iqlim o'zgarishi muammolariga doir konferensiyasi o'tar ekan, bolalar ekologik adolat kampaniyasi namoyishida ishtirok etmoqda. Katovitse, Polsha.
Bepul taom tarqatish markazida. Islomobod, Pokiston.
Hindiston harbiylari 1971-yilning 16-dekabrida Bangladeshni ozod etgan. Ana shu kunni nishonlash tadbiridan. Kalkutta, Hindiston.
Tereza ona hiyoboni bo'ylab o'rnatilgan Amerika bayroqlari. Pristina, Kosovo.
Xalq tilida "Qullik qonuni" nomini olgan yangi mehnat qonuni loyihasiga qarshi namoyish. Budapesht, Vengriya.