Bugungi dunyo suratlarda - 20-dekabr, 2018

Kongo Demokratik Respublikasida saylov kechiktirilishiga qarshi norozilik bildirilmoqda. 

Jinsiy zo'ravonlikdan jabrlangan qiz norozilik namoyishida. Mumbay, Hindiston. 

Putinning yillik matbuot anjumanidagi chiqishini tomosha qilib qahva ichayotgan mijoz. Moskva, Rossiya.

Angliya havo hududida uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlar qayd etilgani oqibatida parvozlar to'xtatilgan. Getvik aeroportida yo'lovchilar navbat kutmoqda. 

Quyosh taftidan isinish uchun chiqqan qariya. Karachi, Pokiston.

Metanolda harakatlanadigan taksi xizmatining ochilish marosimida. Xitoy. 


 

AQSh fuqaroligiga qabul qilinayotgan iroqlik ayolni ikki yoshli farzandi kutib turibdi.  Los-Anjeles, Kaliforniya. 

- 23 daraja sovuqda qordan yasalgan ajdar haykali qarshisida maxsus raqs yo'nalishida tanlov bo'lib o'tmoqda. Xitoy.