Bugungi dunyo suratlarda - 27-dekabr, 2018
Qorbobo kiyimidagi favqulodda vaziyatlar xizmatchisining "soqoli"dan tortayotgan bola. Moskva bolalar shifoxonasi.
Qish qahratonlariga dosh berayotgan kuz yaproqlari. Germaniya.
AQSh Prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp Iroqdagi Al-Asad aviabazasida Amerika harbiylarini qutlamoqda. 26-dekabr, 2018-yil.
Saylovlarning kechiktirilishiga qarshi namoyishchilar e'lonlarni olib tashlamoqda. Kongo Demokratik Respublikasi.
Kollejda festival. Mumbay, Hindiston.
Sunami talafotlari. Indoneziya.
Bayram kechalarida "Samo fonusi"ni uchirayotganlar. Volos, Gretsiya.
Yangi ochilgan bioparkda pingvin. Rim, Italiya.