Mirziyoyevni Vashingtonda ham tomosha qilishdi

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekiston rahbarining yillik murojaati siyosiy an'anaga aylanib bormoqda. O'tgan yilgisi, birinchisi, to'rt soatdan oshiq davom etgan edi. Bunisi qisqaroq, lo'ndaroq bo'ldi. Islohotlarning qiyin davri boshlanmoqda, dedi prezident. Uningcha, siyosat va amaldagi ishlarga bahoni xalq va vaqt beradi.