"Buyuk Kelajak" O'zbekiston kelajagida qanday rol o'ynamoqchi?

Your browser doesn’t support HTML5

"Buyuk Kelajak": kim va nima?

2017-yilda tuzilgan "Buyuk Kelajak" Ekspert Kengashi bugun dunyo bo'ylab 300 a'zoga ega. Turli soha mutaxassislarini bir davrga to'plab, ularning bilimi va tajribasidan O'zbekistonni taraqqiy ettirish uchun foydalanish kerak, deydi tashkilot asoschilaridan va yetakchilaridan biri Bahrom Ismoilov Toshkentda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

Your browser doesn’t support HTML5

"Buyuk Kelajak": kim va nima?

"Buyuk Kelajak" liderlaridan biri Bahrom Ismoilov bilan Toshkentda suhbat, aprel, 2019

Kengash O'zbekiston-2035 strategiyasini tuzib chiqqan va turli yig'in va tadbirlar orqali uni targ'ib qilmoqda.

  • Lekin bu guruh qancha ta'sir kuchiga ega?
  • O'zbekiston rahbariyati bu ekspertlarning maslahatlariga quloq solarmikan?
  • Turli davlatlarda yashab, faoliyatini u yerda davom ettirayotgan mutaxassislar uchun ona vatandagi jarayonlarga aralashish qanchalik muhim va samarali?
  • Ular kelajak haqidagi g'oya va takliflarini qay shaklda olg'a surmoqda?
  • "Buyuk Kelajak"ning Mirziyoyev ma'muriyatida odamlari va xayrixohlari bormi?
  • Kim o'zi bu tashkilotni moliyaviy jihatdan quvvatlamoqda?
  • A'zolar qanday qabul qilinadi va ulardan nima kutiladi?
  • Ekspertlar hukumatni tanqid qila oladimi? Tanqid qilyaptimi yoki qilmoqchimi?
  • Tuzum bu kengashdan o'z manfaatlari yo'lida foydalanayotgan bo'lsa-chi?
  • "Buyuk Kelajak" O'zbekiston qanday davlat va jamiyat bo'lishini xohlaydi?
  • Respublikaning global maydondagi imiji qanday shakllanishi kerak?
  • Ekspertlar kimning xizmatida?

Bu va boshqa ko'plab dolzarb savollarga javoblar Toshkentdan maxsus dasturimizda. Tomosha qiling.