AQSh-O'zbekiston: Matbuot erkinligi qanaqa bo'lishi kerak?

  • Amerika Ovozi

"Namanganlik jurnalist, "Ma'rifat saodati" gazetasi muassisi Abdujabbor Umarov fikricha, O'zbekistonga tijoriy matbuot kerak emas. "Media bozori degan narsaga ham qarshiman", - deydi u, "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

Yoshlar" telekanali jurnalisti Shahnoza Ravshanova nazarida O'zbekistonga OAV xodimlarini kasbiy va ruhan quvvatlaydigan, ularni professional jihatdan birlashtiradigan press klublar kerak.

Shahnoza Ravshanova, "Yoshlar" telekanali jurnalisti

Suhbatdoshlarimiz ayni damda Amerika bo'ylab safarda. Nyu-York, Vashington va Floridadan vatandagi audirotiya uchun materiallar tayyorlash bilan band.

Har ikki jurnalist - "Vashington choyxonasi" haftalik shoumiz mehmoni.

Ularni AQShga olib kelgan dastur "Media Co-Ops" deb atalib, xorijiy jurnalistlarga Amerikani kezib, bu mamlakatni yoritish imkoniyatini beradi. Programma Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilib, har yili 3-4 jurnalistga qatnashish nasib etadi. Unda ishtirok etmoqchi bo'lganlar elchixonaga murojaat qilishi kerak.

Abdujabbor Umarov, "Ma'rifat saodati: gazetasi muassisi

Abdujabbor Umarov va Shanoza Ravshanova bilan suhbatda qator muhim mavzular ko'tarildi:
- Matbuot erkinligi qanday taraqqiy etadi?
- Erkinlikni nima ushlab turadi?
- Muddao nima?
- Media bozori O'zbekistonda qanday shakllanmoqda?
- Matbuot markazlari o'z nima qilishi kerak?
- O'zbekistonda jurnalistlar bugun qanchalik jasur?
- Davlat telekanallari nega "uyquda"? "Yoshlar" kanalida qanday o'zgarishlar bor?
- Davlat gazetalari haliyam kerakmi?
- Hukumat nega OAVni boshqarishda davom etmoqda?
- Obuna, bugungi bozorda talab va erkinlik
Fikrlar turfa xil. Tomosha qiling.