Firdavs Abduholiqov: O'zbekkino, telekanallar va madaniy meros

Firdavs Abduholiqov Vashingtonda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, 27-sentabr, 2019

O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, asrab-avaylash va targ'ib qilish bo'yicha jahon jamiyati bor. Maqsad - respublika va dunyo bo'ylab mamlakat qadim tarixi va durdonalari haqida bilim ulashish, shuningdek, nodir asarlar va ashyolarni ro'yxatga olib, bir tizimga kiritish. 27-sentabr kuni Vashingtonda anjuman bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Elektron OAV Assotsiatsiyasi rahbari hamda yaqindan beri "O‘zbekkino" milliy agentligi bosh direktori, shuningdek, Vashingtondagi tadbir tashkilotchisi, mamlakat madaniy merosi bo'yicha jamiyat raisi Firdavs Abduholiqov "Amerika Ovozi" bilan Vashingtonda suhbatlashar ekan, undan bu sohalarning har biri haqida so'radik.

Madaniy meros nafaqat dunyo bo'ylab, balki mahalliy miqyosda ham targ'ib qilinishi lozim, deydi Abduholiqov. "Yoshlarga ma'naviy kuch berish kerak".

O'zbekistonda kino va seriallar uchun yangi davr boshlanyaptimi? Allaqachon boshlanishi kerak edi, deydi Abduholiqov.

OAV bugun qanchalik erkin? Suhbatdoshimiz mustaqil media tarafdorimi?