O'zbekistonlik yosh tabiatparvar BMT sammitlarida qatnashdi

Your browser doesn’t support HTML5

Uzbekistan @UN Climate Summit/Ўзбекистонлик табиатпарвар Татьяна Син

Xorazm viloyatilik Tatyana Sin BMTning global iqlim kelajagi yuzasidan o'tkazgan va aynan yoshlar uchun tashkil qilingan birinchi sammitida O'zbekiston nomidan qatnashdi.

BMT Bosh Assambleyasining sentabr oyining oxirgi haftasida kechgan yillik sessiyasi, 74-yalpi yig'ilishi munosabati bilan o'tgan tadbirlarda iqlimdagi salbiy o'zgarishlar va atrof-muhit muhofazasi asosiy mavzular bo'ldi.

Tatyana Sin va O'zbekistondan kelgan rasmiy delegatsiya bu davralar va munozaralarda ishtirok etganidan mamnun.

"Amerika Ovozi" Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari, O'zbekiston Ekologik Partiyasi lideri Boriy Alixonov bilan muloqot qilar ekan, Alixonov respublikada iqlim va tabiatga nisbatan e'tibor masalasi dunyodan orqada emas, deydi.

BMTning O'zbekistondagi bosh vakili Helena Freyzer qayd etishicha, O'zbekiston hukumati o'tgan ikki yil mobaynida iqlim kelajagi yuzasidan yirik bitimlarga qo'shildi va tabiatni asrab-avaylash yo'lida sarmoya qila boshlagan.

"Oldinda qilinishi kerak bo'lgan ishlar talay, lekin O'zbekiston ahli, ayniqsa yoshlar ekologiya uchun jiddiy qayg'ura boshlaganiga guvohmiz", - deydi Freyzer.

Tatyana Sin, Urganch farzandi, iqtisod va biznes sohasini ekologiya bilan bog'lagan holda faoliyat olib bormoqchi. Xususiy sektor ijtimoiy mas'uliyatli bo'lishi kerak, deydi u.

Iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi BMT yoshlar sammiti hamda global anjumani haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashar ekan, Tatyana Sin fikricha, O'zbekistonda tabiatparvarlik darajasi, ekologik ogohlik ko'lami juda past.

BMT bu boradagi targ'ibotda oldinda, deydi u. Shu bois ham bu tashkilot bilan yaqindan ishlab, O'zbekistonda aholi orasida turli kampaniyalar olib borish lozim.

Tatyananing o'zi qay tariqa ekologik faolga aylandi?

BMT sammitlarida qanday g'oya va takliflar haqida eshitdi?

BMTga dunyo bo'ylab ishonch tushib ketgan paytda o'zbekistonlik Tatyana nima uchun bu tashkilotga tayanmoqda?

Tatyana bilan o'zbek va ingliz tillarida gaplashdik: