2020-yil suratlarda

  • Amerika Ovozi

Venesuelada muxolifatchi Xuan Guaydoning parlament binosiga kirishiga taqiq qo'yilgandan so'ng to'siqni oshib o'tmoqda. Karakas, 5-yanvar, 2020.

AQShning dron hujumida halok bo’lgan Eron generali Qosim Sulaymoniyning  janozasiga to'plangan odamlar. 7-yanvar, 2020.

Tehron aeroportidan ko'tarilgan Ukraina yo'lovchi samolyoti urib tushirildi. Askariyati Eron va Kanada fuqarolaridan iborat 176 yo'lovchining barchasi halok bo'lgan. Eron. 8-yanvar, 2020

Ko'chada xushidan ketib, vafot etgan qariya. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti global favqulodda vaziyat e'lon qildi. Uxan, Xitoy. 30-yanvar, 2020.

Tokio ko'chalari. 2-mart, 2020.

8-martda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilib chiqqan faollarga niqobdagi noma'lum shaxslar  hujum qildi. Bishkek, Qirg'iziston.

Karantinga qarshi namoyishlar. Uganda. 26-mart, 2020.

Kishilarni niqob taqishga da'vat etayotgan politsiyachi. Hindiston. 28-mart, 2020.

Koronavirus qurboni dafn etilmoqda. Iroq. 30-mart, 2020.

Iftor. Suriya. 4-may, 2020.

Masofa saqlamagan kishini jazolayotgan politsiyachi. Hindiston, 4-may, 2020.

Sirdaryo viloyatida 2017-yil qurilgan Sardoba to'g'oni buzildi. Natijada O’zbekistonda kamida 90 ming aholi evakuatsiya qilingan. Turar-joylar, ekinzorlarga katta zarar yetgan. Bir necha kishi halok bo'lgan.  1-may, 2020.​

Pokistonda yo'lovchi samolyot aholi yashaydigan hududga quladi. Halokat sababi uchuvchining yetarli malakaga ega emasligi deb topildi. 23-may, 2020.

Namoyishlar ketidan AQSh Prezidenti Donald Tramp Avliyo Jon cherkoviga borib, qo'lida Injil kitobi bilan nutq so'zlamoqda. Vashington shahri, 1-iyun, 2020.

Qora tanli Jorj Floyd xotirasiga Kongress a'zolari tiz cho'kkan holda sukut saqladi. Vashington shahri, 8-iyun, 2020.

Irqchilik va politsiya zo'ravonligiga qarshi namoyishlar. London, 8-iyul, 2020.

Livan poytaxti Bayrutdagi bandargohda qattiq portlash ro’y berib, 100 dan ziyod odam o’lgan, 4000 dan oshiq odam jarohatlangan. 5-avgust, 2020.

Mavritaniya sohillarida Yaponiyaga qarashli kemadan dengizga yoqilg'i oqib ketdi. 8-avgust, 2020.

Minskdagi saylovlar ketidan namoyishlar boshlanib ketdi. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko hokimiyatni osonlikcha bermoqchi emas. 23-avgust, 2020.

Pandemiya davrida uyda ta'lim olayotgan bola. Meksika. 8-sentabr, 2020.

Muhojirlar lagerida yong'in kelib chiqdi. Lesbos oroli, Gretsiya. 12-sentabr, 2020.

Maktab.Yaman. 18-oktabr, 2020.

Toq'li Qorabog' mojarosining jafokashlari. Ganja, Ozarbayjon. 17-oktabr, 2020.

Parlamentga saylovlardan so'ng namoyishlar boshlanib, prezident iste'fo berdi. Qirg'iziston. 16-oktabr, 2020.

AQShda sayovchilar kollegiyasi Jo Bayden g'alabasini muhrlagandan so'ng bo'lajak prezident nutq so'zlamoqda. Delaver shtati, 14-dekabr, 2020.

Tog'li Qorabog'dagi g'alaba nishonlanmoqda. Boku, 10-dekabr, 2020.

Vitse-prezident etib saylangan Kamala Xarris vaksina olmoqda. 29-dekabr, 2020.

Argentinada abort qonuniylashtirildi. Minglab ayollar va huquq faollari buni nishonlash uchun ko’chaga chiqdi. 30-dekabr, 2020.