Burkina-Fasoda sobiq prezidentning o'limiga javobgar sobiq rahbar ustidan sud boshlandi

  • Amerika Ovozi

Toma Sankara - Burkina-Faso sobiq rahbari

Afrikaning Burkina-Faso davlatida 1987-yilda sobiq prezident Toma Sankaraning davlat to’ntarishi paytidagi o’limi yuzasidan harbiy tribunal boshlangan. 14 odam, jumladan yana bir sobiq prezident Blez Kompaore qotillikka aloqadorlikda ayblanmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 11-oktabr, 2021-yil

2014-yilda xalq isyoni natijasida hokimiyatdan ketgan Kompaore davlat xavfsizligiga raxna solish, qotillikka sheriklik, murdalarni yashirishda ayblanmoqda.

Kompaore sirtdan sudlanmoqda. U hokimiyatdan ketganidan beri Fil Suyagi davlatida yashab kelmoqda. Burkina-Faso olti yildan beri Kot d’Ivuardan sobiq rahbarni ekstraditsiya qilishni talab qilib keladi.

Sud jarayoni bir necha oy davom etishi kutilmoqda. Sankara salkam 35 yil oldin o’ldirilganiga qaramay, uning o’limi sabablari hanuz noma’lum. Sankarani Afrikaning “Che Gevara”si deb atashardi.

Sud jarayonining ilk kunida uning bevasi Maryam Sankara ham qatnashdi.

Prezidentlikka 33 yoshda davlat to’ntarishi natijasida kelgan Toma Sankara markschi-leninchi rahbar bo’lgan, Fransiya mustamlakasi paytidagi Yuqori Volta deb atalgan mamlakat nomini Burkina-Fasoga o’zgartirgan, yirik korxonalarni davlat tasarrufiga o’tkazib, ayollar jinsiy a’zolarini kesish amaliyoti, ko’p xotinlik va majburiy nikohlarga barham bergan.

So’lchi afrikaliklar orasida Sankara hurmat-e’tiborga sazovor.

1987-yilda Sankara sobiq safdoshi Blez Kompaore tomonidan ag’dariladi. Kompaore mamlakatni 27 yil qattiqqo’llik bilan boshqarib, o’zi ham davlat to’ntarishi qurboni bo’ladi.