Rossiya iqtisodiyoti va "Katta yigirmalik": iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlili

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

22-dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya iqtisodiyoti “Katta yigirmalik” davlatlariga qaraganda ancha yaxshi ekanini da’vo qildi.

“Rossiya “Katta yigirmalik”ning koʻplab davlatlariga qaraganda ancha yaxshi ko’rsatkichga ega va buni ishonch bilan bajarmoqda”, - dedi u.

Bu gap makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va yalpi ichki mahsulotga taalluqli va u yolg'on.

Rossiyaning ko'plab makroiqtisodiy ko'rsatkichlari dunyoning eng katta iqtisodiyotlarini o'z ichiga oluvchi “Katta yigirmalik”ka qaraganda ancha yomon.

2022-yil uchinchi choragida Rossiya yalpi ichki mahsulotining yillik o'sishi “Katta yigirmalik” davlatlari orasida eng past darajani tashkil qildi.

Mamlakat iqtisodiyoti 3,7 foizga qisqardi.

2022-yil oktabr oyida Rossiyada ishsizlik darajasi 3,9 foizni tashkil etdi. “Katta yigirmalik” guruhi bilan solishtirganda, bu o'rtacha ko’rsatkich.

Buni ham ko'ring "Vagner guruhi" - Rossiyaning Ukrainada jang qilayotgan xususiy kompaniyasi

Sentabrda rossiyaliklarning ish haqi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 foizga kamaydi. Bu “Katta yigirmalik” mamlakatlari orasida eng yomon ko'rsatkichlardan biri.

Noyabr oyida Rossiyaning yillik inflyatsiyasi 12 foizni tashkil etdi. Bu ham “Katta yigirmalik”dagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biri.

Faqat ikkita davlatda pulning qadrsizlanishi yanada yomon bo’ldi - Turkiyada 84 foiz va Argentinada 92 foiz.

Rossiyaning 7,5 foizlik qayta moliyalash stavkasi ham “Katta yigirmalik”dagi o'rtacha darajadan yuqori.

Mamlakat kredit reytingi bo’yicha dunyodagi eng quyi o’rinlardan birida.

27-iyun kuni u tashqi qarzini to’lay olmay, 1918-yildan beri ilk bor defoltga uchradi.

Your browser doesn’t support HTML5

G'arb Rossiyani yakkalashning uddasidan chiqa olmadimi?