Mo'g'uliston: yosh qizlarga dasturlashni o'rgatayotgan tashkilot

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

O'smir qizlarga dasturlashni o'rgatadigan kurs Mo'g'ulistonda katta qiziqish uyg'otmoqda. "Amerika Ovozi" qizlarni texnologiya sohasida ishga tayyorlayotgan dastur asoschisi bilan gaplashdi.

Bolor-Erden Batsengel Dasturchi qizlar maktabi orqali yosh qizlarni kelajak kasblariga o’rgatmoqda.

U pandemiya davrida Mo'g'ulistonda 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan qizlarga kompyuter dasturchiligi bo'yicha ta'lim berishni boshladi.

"Nafaqat Mo'g'ulistonda, balki butun dunyo bo'ylab tushunilgan narsalardan biri bu raqamli sohada ayol-qizlarning kamligi va biz bu bo'shliqni to'ldirish va yashab qolish uchun texnologiyadan foydalanyapmiz", - deydi u.

Aholisi kam bo'lishiga qaramay, Mo'g'uliston internetga kirish imkoniyati bo’yicha ilg’or mamlakatlardan. Biroq, deydi Batsengel, qizlar uchun informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha ta'lim yetarli emas.

“Ayniqsa, koʻchmanchi jamiyatda qizlar uchun aniq fanlar taʼlimi yaxshi yo’lga qo’yilmagan. Biz qizlarning axborot texnologiyalarida, aniq fanlarda ta’lim olishini ta’minlashni xohladik”, - deydi Batsengel.

Your browser doesn’t support HTML5

Dasturlash sohasiga ayollarni jalb etayotgan tashkilot

Dasturchi qizlar maktabi bitiruvchisi Gandi Ser-Odning aytishicha, kurs unga Shanxay Nyu-York universitetidagi darslarni davom ettirishi uchun fundamental bilim berdi.

"Dasturda o'rgangan narsalarim haqiqatan ham yordam berdi, kollejda o'rganishni osonlashtirdi. Chunki har bir dasturlash tilida fundamental mantiq bir xil, ular bir-biriga o'xshash", - deydi talaba.

Dastur, shuningdek, Mo'g'ulistonni texnologik taraqqiyotning eng yuqori cho'qqisida ushlab turishni maqsad qilgan.

“Ushbu dasturni boshlaganimning sabablaridan yana biri shundaki, atigi 3,4 million aholisi boʻlgan Mo’g’uliston ikki yirik yirik davlat, Rossiya va Xitoy oʻrtasida joylashgan. Inson kapitalidagi yetishmovchilikni texnologiyadan foydalangan holda to’ldirish mumkin”, - deydi u.

Batsengelga ko’ra, bu ta'lim raqobatdan ko'ra ko'proq Mo'g'uliston salohiyatini ochishga qaratilgan.

Buni ham ko'ring Yoshlarni qanday ish o'rinlari kutmoqda?

"Menimcha, Xitoy yoki AQSh bilan raqobat qilishdan ko'ra, Mo'g'uliston texnologiya olamiga, hatto Silikon vodiysiga, dunyodagi boshqa har qanday texnologik markazlarga o'z hissasini qo'shish imkoniyatiga ega", - deydi u.

Ko'plab dastur bitiruvchilarini ta’limni yana davom ettirishni xohlaydi.

“Bitiruvchilarimiz orasida Xitoyda, Rossiyada o‘qishni tanlagan bir qancha qizlarimiz bor, lekin ularning aksariyati G‘arb ta’limini olishni xohlaydi va kelajakda Silikon vodiysida ishlashga intiladi”, - deydi Batsengel.

“AQShda ishlashga umid qilyapman. Buning uchun va dunyoning eng yaxshi texnologiya kompaniyalarida ishlash uchun yetarli tajribaga ega bo‘lishim kerak. Bunga uch-to’rt yil kerak bo’ladi. O'rgangan narsalarimni va bilimimni vatanimga qaytaraman, degan umiddaman", - deydi Ser-Od.

U ma’lumotlar bazasi yo’nalishida karyera qilmoqchi.