Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe iste'foga chiqdi

  • Amerika Ovozi

Shinzo Abe

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe bugun iste’fo berdi. 2012-yilda hokimiyatga qayta kelgan Abe sog’lig’ining yomonlashgani tufayli vazifalarini ortiq bajara olmasligini bildirdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 28-avgust, 2020-yil

Mamlakatni eng uzoq boshqargan siyosatchi ko’p yillardan beri yarali kolit, ya’ni ichak kasalligi bilan olishib keladi. Abe so’nggi bir haftada ikki marotaba kasalxonaga murojaat qildi.

2006-yilda davlatni bir yil boshqarib, sog’lig’i va siyosiy janjallar tufayli lavozimidan ketgan arbob 2012-yilda bosh vazirlikka qaytdi.

So’nggi paytda uning hukumati koronavirus pandemiyasiga qarshi siyosati uchun ko’p tanqidga uchradi.

Abening iste’fosi Liberal demokratik partiya ichida liderlik uchun kurashga turtki berishi aytilmoqda. G’olib parlamentda bosh vazirlikka ham tayinlanib, Abening muddatini davom ettiradi.

"Qarorlarni qabul qilishga kelganda xato qilishga xaqqim yo’q. Xalq ishonchisiz ishimni davom ettira olmayman”, - dedi Abe iste’fosini e’lon qilarkan.

Abe bosh vazirlar sulolasidan bo’lib, Yaponiyaning ikki sobiq rahbariga nevara jiyan bo’ladi.