Xitoy Afg'onistonda neft izlaydi

  • Amerika Ovozi

Xitoy Afg'onistonda neft izlaydi

Afg'oniston shimoli-sharqida uch neft konini razvedka qilish va rivojlantirish haqida Xitoy bilan bitim imzolandi. Unga ko'ra, Xitoy davlat neft korporatsiyasiga Sari Pul va Faryob viloyatlarida Amu-Daryo bo'yidagi neft va gaz zaxiralarida izlanish ishlarini olib borish huquqi beriladi.

Xalqaro tenderda Pokiston, Britaniya, Avstraliya va Qo'shma Shtatlar ham ishtirok etgan, ammo rasmiy Kobul bu ishni Xitoyga topshirishni afzal ko'rdi.

Tog'-kon sanoati vaziri Vohidulla Shahroniyning aytishicha, Afg'oniston mazkur bitim orqali kelasi 25 yilda yetti milliard dollar daromad olishni ko'zlamoqda.