Afg'onistonda bir askar jonini fido qildi

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston sharqidagi Nangarhor viloyatida 23 yashar askar suiqasd xurujining oldini olish paytida nobud bo’ldi.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'onistonda bir askar jonini fido qildi

Xudkush bombachi o’zini Jalolobod shahridagi bozorda portlatmoqchi bo’lganida Muhammad Umar unga tashlandi va chetga itarib yubordi. Bir necha soniyadan so’ng bomba portlab, askar va yana uch odam o’ldi.

Muhammad Umar yakshanba kuni ona shahri Lag’monda dafn etildi.

“U o’z jonini fido qildi. U bilan faxrlanaman”, - dedi qahramonning ukasi Muhammad Haqyor.

Afg’on armiyasida yetti yil xizmat qilgan Muhammad Umar sal kech qolganida qurbonlar ancha ko’p bo’lishi mumkin edi.

“O’lgani haqidagi xabarni olganimizda hushimdan ketdim”, - deydi uning singlisi Sobira.

Muhammad Umar unashtirilib, to’yga harakatni boshlagan edi.

Hukumat poytaxt Kobulda uning xotirasiga marosim o’tkazib, “Mardlik” medalini oilasiga topshirmoqchi.