Afg'onistonning Tolo telekanali Tolibon hujumiga uchradi

  • Amerika Ovozi

Afg'onistonda yetakchi "Tolo News" xususiy kompaniyasining Tolibon xudkushlik hujumiga uchrashi xalqaro va mahalliy miqyosda so'z erkinligiga qarshi xuruj sifatida keskin noroziliklarga sabab bo'ldi.

Kecha oqshom yuz bergan xurujda portlovchi moddalar bilan to'ldirilgan mashina telekanal xodimlarini ishdan uyga eltayotgan avtobusga kelib urilgan va kamida yetti kishini hayotdan olib ketib, 24 odamni yaralagan. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor.

Ichki ishlar vazirligi so'zlovchisi Siddiq Siddiqiy hodisa yuzasidan tekshiruv davom etayotgani va jurnalistlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha choralar ko'rilishini ma'lum qildi.

Hujum uchun mas'uliyatni Tolibon o'z zimmasiga oldi. Guruh da'vosiga ko'ra, Tolo telekanali Tolibon va afg'onlarga qarshi dasturlarni efirga uzatgani uchun jazolangan.