Afg'onistonda xavfsizlik kuchlariga virusdan himoya vositalari tarqatilmoqda

  • Amerika Ovozi

Afg’onistonning G’azni viloyatida politsiya boshqarmasi koronavirusga qarshi kurash doirasida xavfsizlik kuchlari a’zolariga himoya vositalari tarqatgan. Biroq maxsus jihoz va kiyim hammaga ham yetgani yo’q.

Ayrim blok-postlarda avtomobillarni tibbiy qo’lqop va niqoblarsiz tekshirishga to’g’ri kelyapti.

“Himoya vositalari muhim. Axir doim odamlar bilan aloqadamiz”, - deydi bir politsiyachi.

Mahalliy aholi xavfsizlik kuchlari a’zolari orasida epidemiya tarqalishidan xavotirda.

“Xudo ko’rsatmasin, agar virus xavfsizlik kuchlariga kirib borsa, jamiyatimizning katta qismi yotib qolib, xavfsizlik izdan chiqadi”, - deydi g’aznilik Hasib Obid.

Mahalliy politsiya boshqarmasi xodimlariga qo’lqop, maska, dezinfeksiya vositalari tarqatganini ma’lum qildi.

“Xavfsizlik kuchlaridagi tanishlarimga befarq bo’lmaslikni, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish muhimligini aytdim”, - deydi viloyat kasalxonasi boshlig’i Boz Muhammad Hamat.

Afg’onistonda shu onga qadar 714 kishi yangi koronavirus bilan kasallangan bo’lsa, 49 odam hayotdan ko’z yumgan.