Afg'on parlamenti ayollarni zulmdan himoya qilishga shoshilmayapti

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston parlamenti yuqori palatasi

Afg’oniston parlamentida ayollarni zulmdan himoya qilishga doir qonun tasdig’i qoldirilgan. Konservativ deputatlar nazarida unda islomiy qonunlarga zid ayrim bandlar bor va ularni hujjatdan chiqarish kerak.

Qonun 2009-yilda prezident Hamid Karzay farmoniga ko’ra kuchga kirdi. Biroq uning keyingi prezident tomonidan qayta ko’rib chiqilmasligi uchun ayrim deputatlar hujjatni parlamentdan o’tkazishni taklif qilgan.

Ulardan biri Badaxshon viloyatidan saylangan qonunchi ayol Favziya Kofning aytishicha, parlamentdagi ayrim konservativ kuchlar chorani qo’llab-quvvatlamayapti.

"Ajablanarlisi shuki, ayollarni zulmdan himoya qilishga ayrim deputat ayollar qarshi chiqmoqda", - deydi Kofi.

Qonunga ko’ra zo’rlab nikoh qilish hamda balog’at yoshiga yetmagan qizga uylanish jinoyat bo’lib, tortishuvlarga chek qo’yish maqsadida bir-biriga qiz uzatishdek odat taqiqlanadi.