Afg'onistonda toliblar 14 yo'lovchini otib o'ldirdi

  • Amerika Ovozi

Kobul, Afg'oniston

Afg’oniston rasmiylarining aytishicha, toliblar ekani taxmin qilinayotgan guruh Kobul yaqinida 14 kishini o’ldirgan.

Jangarilar yo’lda ketayotgan uch mashinani to’xtatgan va yo’lovchilarni safga tortib birma-bir boshiga va ko’ksiga qarata otgan.

O’lganlar shialar bo’lgani, orasida ayollar va bir bola bo’lgani aytiladi. Toliblar shialarni g’ayridin deb hisoblaydi.

Oy boshida Birlashgan Millatlar Tashkiloti chop etgan hisobotga ko’ra, Afg’onistonda tinch aholi orasida talofatlar oxirgi yarim yilda salkam 5 mingga chiqqan.

Bu o’tgan yilning huddi shu vaqtiga qaraganda 24 foizga ko’p.