Afg'on tadbirkor AQSh askarlariga minglab dollar pora bergan

  • Amerika Ovozi

Kobul, Afg'oniston

Afg'onistondagi mahalliy transport kompaniyasi rahbari Amerika askarlariga pora berganlikda, evaziga millionlab dollarlik bitimlarni qo'lga kiritganlikda ayblanmoqda.

Tadbirkor Hikmatulla Shodmon 2009-yilda Afg'oniston janubida, Qandahorda amerikalik ikki harbiy bilan ko'rishib, bir necha oy davomida ularga 140 ming dollar pora bergan.

O'z navbatida AQSh harbiylari 3 million dollarlik shartnomalar Shodmonning kompaniyasiga tegishiga ishonch hosil qilgan. Shodmonning kompaniyasi koalitsiya askarlariga transport va og'ir aslaharni yetkazish bilan shug'ullangan.

Biznesmen Hikmatulla Shodmonga qarshi AQSh sudida jinoiy ish qo'zg'atilgan. U hozir qayerda ekani noma'lum.

Askar Robert Grin bir necha oyga ozodlikda mahrum etilgan, harbiy Deyvid Klaynga yaqin kunlarda jazo belgilanishi kerak.

Afg'oniston, xalqaro koalitsiya va Tolibon