Xitoy Amudaryoda neft qazishga tushdi

  • Amerika Ovozi
Xitoy firmasi Afg’oniston shimolida, Amudaryoda neft qazib olishga kirishgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 23-oktabr, 2012-yil


Bu iqtisodiy mustaqillik sari muhim qadam, deydi afg’on mutasaddilari.

Dekabrda imzolangan 25 yillik bitim doirasida Xitoy korporatsiyasi yakshanba qora oltinni qazishga tushdi.

Afg’oniston Konchilik vaziri Vohidulla Shahroniy hisobicha, kelasi yil 1,5 million barrel, 2014-yilda 2 million barrel neft olish rejalangan.

Bitim yaqin 20 yilda milliardlab dollar daromad keltirishi kutilmoqda.

Afg’onistonni oyoqqa turg’izishda hal qiluvchi rol o’ynashi aniq, deydi vazir.

Amudaryoda 87 million barrel qoramoy borligi taxmin qilinadi.