Kobuldagi mehmonxonada qonli bir kun

  • Amerika Ovozi

A reveler rests on the grass in the Healing Field area of the Glastonbury Festival of Music and Performing Arts on Worthy Farm near the village of Pilton in Somerset, South West England.

Afg’oniston poytaxti Kobuldagi “Serena” mehmonxonasiga toliblar yashirincha qurol olib kirib, otishma boshlagan.

Natijada to’qqiz kishi halok bo’ldi, jumladan chet el fuqarolari.

Ichki ishlar vazirligi so’zlovchisi Sidiq Sidiqiyning ma’lum qilishicha, 18 ga to’lmagan o’smirlar qurolini paypog’ida yashirib, tekshiruvdan o’tgan va mehmonxonani uch soat aylangan.

Shundan so’ng odamlarga qarata o’t ochgan.

Bosqinchilar xavfsizlik kuchlari tomonidan yo’q qilingan.

Otishmada o’lganlar orasida Yangi Zelandiya, Kanada, Pokiston, Hindiston, shuningdek, afg’on fuqarolari bor.

Tolibon harakati hujumni biz uyushtirdik, deya tan oldi.

Jangarilar 5-aprelga belgilangan prezident saylovlarini izdan chiqarishga bel bog’lagan.

2008-yilda ham “Serena” otelida bir kishi o’zini portlatgan edi.