Badaxshonda sel, yer o'pirilishi yuzlab odamlarni hayotdan olib ketdi

  • Amerika Ovozi

Abu-Barik qishlog'i, Badaxshon, Afg'oniston.

Afg'oniston, Tojikiston bilan chegaradosh hudud ommaviy qabrga aylangani, yana ko’plab insonlar bedarak ketgani va aniq talofatlarni bilish qiyin ekani aytiladi.
Afg’oniston shimolida kuchli yomg’ir va sel bois yer o’pirilishi oqibatida yuzlab odamlar qurbon bo’lgan.

Jumadan beri omon qolganlarni topishdan umid yo’q, deydi rasmiylar. Qidiruv-qutqaruv ishlari to’xtatilgan.

Tojikiston, Xitoy va Pokiston bilan chegaradosh bu manzilda tinimsiz yomg’ir va toshqin ketidan yer yana ko’chishi mumkin degan xavotirlar bor.

Kecha Badaxshon viloyati, Aab Barik qishlog’ida ikki odamning jasadi topildi. Bugun hukumat diqqatni uyidan ayrilgan minglab fuqaroni boshpana, yegulik va dori-darmon bilan ta’minlashga qaratmoqda.

Afg’oniston shimolidagi tabiiy ofat yuzlab, boshqa manbalarda 2700 odamning boshini yegani taxmin qilinadi. Hudud ommaviy qabrga aylangani, yana ko’plab insonlar bedarak ketgani va aniq talofatlarni bilish qiyin ekani aytiladi.