Afg'oniston parlamenti deputatlar mandatini saylovsiz uzaytirdi

  • Amerika Ovozi

Arxiv surat. Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani parlamentga murojaat qilmoqda, 7-mart, 2015-yil

Afg'oniston parlamenti saylovsiz deputatlar mandati muddatini uzaytirishga ovoz berdi. Prezident Ashraf G'ani bu tashabbusni qo'llab-quvvatladi. Uning aytishicha, qonunchilik organi ishining to'xtab qolmasligi uchun bu zarur qadam.

Ayrim qonunchilar va huquqshunoslar nazarida tashabbus konstitutsiyaga zid. Deputat Abdulqodir Zazaiyning aytishicha, Prezident G'ani va Bosh vazir Abdulla Abdulla prezident saylovlaridan so'ng amal talashib, va'dalarga qaramay, saylov tizimini isloh qilmadi.

Volesi Jirg'a uchun saylov kuni bir oy ichida e'lon qilinishi kerak. Biroq Abdulla Abdulla vakili Javed Fayzalning aytishicha, islohot komissiyasi bir oy ichida takliflarni ishlab chiqib, hukumatga taqdim etishga ulgurmasligi mumkin. Unga ko'ra, saylov kuni islohot qabul qilinganidan so'nggina belgilanishi mumkin.

Afg'onistonda so'nggi bor parlament saylovlari 2010-yil sentabrida o'tkazilgan. Deputatlar besh yilga saylanadi.