Tinchlik karvoni Kobulga yetdi

  • Amerika Ovozi

Afg’onistonning Hilmand viloyatidan tinchlik istab yo’lga chiqqan sulh karvoni 18-iyun kuni Kobulga yetib kelgan. Shu kungacha 700 kilometr yurib qo’ygan afg’onlar “Urushdan to’ydik, tinchlik istaymiz”, degan chaqiriq bilan mamlakatni kezmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Tinchlik karvoni Kobulga yetdi

​Sulh karvoni harakati boshlanganiga roppa-rosa 40 kun bo’ldi. Maqsad afg’on hukumati va Tolibon o’rtasida tinchlik muzokaralarini boshlash, imkon qadar tez sulh tuzilishining aniq sanasi belgilanishiga erishish.

“Urushda qatnashayotgan tomonlar va Kobuldagi xalqaro hamjamiyat delegatsiyalari ham Afg’onistonda tinchlikka erishish yo’lida o’z hussasini qo’shsin”, - deydi sulh karvoni a’zosi Iqbol Xibir.

Tinchlik harakati 7 kishi bilan boshlangan edi. Kamida to’rt viloyatdan o’tib poytaxtga kelgancha ular 100 nafardan ortgan.

“Tinchlik istaymiz xolos. Afg’on tuprog’ida osoyishtalikka erishish uchun bizga yordam kerak”, - deydi sulh karvonining yana bir a’zosi Muhammad Muso Ozod.

Hilmand sulh karvoni a’zolari Rossiya, Pokiston, Eron elchixonalari va BMTning Kobuldagi qarorgohi oldida ham tinchlik yo’lida chiqishlar qilishni reja qilgan.