"Islomiy davlat" Afg'onistonda qamoqxonaga hujum qildi

  • Amerika Ovozi

Qamoqxonadan qochgan mahbuslar ushlanib qaytarilmoqda

Afg’oniston sharqidagi Jalolobod shahrida “Islomiy davlat” jihodchi to’dasi mahalliy qamoqxonaga hujum qilgan. Xavfsizlik kuchlari bilan otishmada kamida 29 odam o’lib, mahbuslar qochishga muvaffaq bo’lgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 3-avgust, 2020-yil

Ayrim xabarlarga ko’ra, 30 ga yaqin jangari qamoqxona darvozasini portlatib, qo’riqchilarga qarata o’t ochgan. Qurbonlarning 3 nafari jangarilar, qolgani tinch aholi va xavfsizlik kuchlari xodimlari.

Qamoqxonada 2000 ga yaqin mahbus bo’lgani aytiladi. Ular qochgan, ammo ko’p o’tmay, kamida ming nafari ushlangan. Jalolobod shahrida komendant soati joriy etilgan. Do’konlar yopiq, odamlar ko’chaga chiqmay uyda o’tiribdi.

Bundan bir kun oldin Afg’oniston razvedkasi “Islomiy davlat”ning mintaqadagi qo’mondonlaridan birini o’ldirganini ma’lum qildi.