Amerika musulmonlari Islomiy davlatni qoralamoqda

  • Amerika Ovozi

Amerika musulmonlari

Vashingtondagi musulmon jamoalar rahbarlari Iroq va Suriyada hukmronlik qilayotgan “Islomiy davlat” guruhini qoraladi.

Faollar 2001-yil 11-sentabr xurujlari qurbonlarini xotirlab, Amerika musulmonlarini ekstremizmga qarshi kurashga hamda odamlarni zo’ravonlikdan qaytarish uchun huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Virjiniyadagi Dalles musulmonlar jamiyati imomi Muhammad Majidning aytishicha, diniy rahbarlar bu borada o’rnak bo’lishi lozim.

"Maxsus dasturlar ta’sis etib, masjidda bu haqda gapiramiz, adovatga yetaklovchi bu mafkuraga qarshi kurash haqida ma’ruzalar qilamiz. Islom tinchlik, muhabbat, g’amxo’rlikka chaqiradi", - deydi imom Majid.