"Apple" AQShning 1 trillion dollarga baholangan birinchi kompaniyasi

  • Amerika Ovozi

AQShning "Apple" texnologiya kompaniyasi bugun 1 trillion dollarga baholanib, mamlakatning eng qimmat biznesi sifatida tarixga kirdi.

Qimmatbaho qog'ozlar bozorida uning har bir aksiyasi 208 dollardan oshdi va kompanoya 20 milliard dollarlik aksiyasini qayta xarid qilgan.

1980-yildan beri qimmatbaho qog'ozlarini sotadigan kompaniya bahosi hozirga kelib, 50 ming foizga oshgan.

Uning aqlli telefonlari, ya'ni iPhone rusumidagi mahsulotlari eng xaridorgir tovar sifatida jahon bozoriga chiqib, shaxsiy kompyuterlari bilan tanilgan bu biznes yanada o'sdi.

Kompaniyani yaratganlardan biri Stiv Jobs bir necha yil oldin vafot etgan, lekin merosining nufuzi oshganda oshgan.

Shimoliy Kaliforniyada asoslangan "Apple"ni Jobsdan keyin Tik Kuk boshqarib kelmoqda.