Bugungi dunyo suratlarda - 1-aprel, 2020

Qo'lbola niqob. Uganda.
 

Hukumat tomonidan bepul tarqatilayotgan guruchga navbatda turgan kishilar. Hindiston.  
 

Bir kasalxonadan ikkinchi kasalxonaga tez yurar poyezdda evakuatsiya qilinayotgan bemorlar. Fransiya.

Shvetsariya osmoni uzra uchayotgan harbiy vertolyot
 

Falastinlik Ahmad Saviy jismoniy mashq bilan uyda shug'ullanmoqda. Ga'zo sektori.
 

Bo'shab qolgan yo'lovchisiz ko'prik. Vyetnam. 
 

Jeyson Beird "o'rgimchak odam" qiyofasida uyda o'tirgan bolalar ko'nglini yozmoqda. Britaniya. 
 

Do'kondor hojatxona qog'ozlarini tahlamoqda. Germaniyada bugun ko'pgina do'konlarda hojatxona qog'ozlari noyob ashyoga aylangan.

Sichuan viloyati yaqinidagi o'rmonda yong'in sodir bo'ldi. Xitoy, 31-mart.