Bugungi dunyo suratlarda - 15-aprel, 2024

Arizona Oliy sudi shtatda 160 yil avval abortga qo'yilgan taqiqni qayta tiklashi ortidan norozilik namoyishiga chiqqan shaxs qo'lida "Mening tanam - mening tanlovim" deb yozilgan plakat

 

Eron xaritasi aks etgan hududdan harakatga keltirilgan raketalar rasmi, Tehron. 

 

Falastinlik bola gumanitar yuk mashinalarini tomosha qilmoqda

Tel-Avivda Isroilni "Kapitan Amerika" qiyofasida himoya qilayotgan AQSh rahbari Jo Bayden aks etgan graffiti

Tokioda "Xonozumo" tantanali musobaqasi oldidan tayyorgarlik mashqlari, Yaponiya. 

Isroil hujumlari tufayli G'azo janubiga qochgan falastinliklar sektor shimoliga qaytmoqda. Isroil sektor shimoli urush zonasi ekanini eslatib ogohlantirmoqda. 

Tailandda varrak festivali

Iroq janubida to'r tashlagan baliqchi

Donald Tramp 2016-yil saylovi oldidan porno aktrisa Stormi Denielsga o'tmishdagi ishqiy munosabatlari to'g'risida og'iz ochmaslik uchun pul berganlikda ayblanayotgan ish bo'yicha sud tinglovi oldidan, Nyu-York. 
 

Hindistonda quyosh jaziramasidan himoyalangan ayollar skuterda ketib bormoqda