Bugungi dunyo suratlarda - 23-aprel, 2024

Tayvanda 23-aprelga o'tar kechasi zilzila qayd etildi. Bir necha bor takrorlangan tebranishlar kuchi 6-6,3 ball bo'lgani xabar qilinmoqda. O'limlar qayd etilmagan. Mamlakatda 3-aprel kuni yuz bergan 7,4 balli zilzila oqibatida kamida 17 kishi halok bo'lgan edi.

Parij osmonida to'lin oy

Polsha safariga otlangan Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak samolyotda jurnalistlar bilan muloqotda

G'azo sektori shimoliga havodan yordam yuklari yetkazilmoqda

Hindiston bug'doy bozorida, Amritsar. 

AQSh sobiq rahbari, ayni damda prezidentlikka respublikachi da'vogar Donald Tramp porno yulduzi bilan munosabatlarini bekitish uchun 2016-yil saylovlari oldidan pul to'laganiga aloqador sud ishida

Ukraina armiyasiga chaqiriq aks etgan plakat oldidan o'tayotgan askar, Kiyev. 

Manilada nochor aholi turarjoylari, Filippin. 

Isroilda XAMAS garovga olgan shaxslarning oilalari va yaqinlari qo'llarini qon rangiga bo'yagan holda namoyish uyushtirib, hukumatdan asirlarni ozod etishni talab qilmoqda, Tel-Aviv.