Bugungi dunyo suratlarda - 24-aprel, 2024

Keniya poytaxtida toshqin manzarasi

Nyu-Yorkda joylashgan Kolumbiya universiteti G'azoda urushni to'xtatish talabi bilan o'rnatilgan palatkalarda namoyishni davoom ettirmoqda.  Talabalarning uzluksiz olti kunlik namoyishi ortidan ta'limni onlayn rejimga o'zgartirgan. Universitet prezidenti politsiyaga murojaat qilib, bino qarshisida chodir tortib o'rnashib olgan namoyishchilarni tarqatishni so'ragan. 133 nafar talaba hibsga olingan. Bir necha talaba universitetdan chetlatilgani xabar qilinmoqda. Isyon boshqa universitetlarga ham ko'chgan.

 

Braziliya parlamenti qarshisida narkotik moddalarini saqlash va ulardan foydalanishga doir qonun loyihasiga qarshi chiqqan namoyishchilar yasama panjara ortidan arz qilmoqda

 

Isroil hujumlaridan keyingi manzara, Rafah shahri, G'azo sektori. 

Germaniya kansleri Olaf Shols Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunakni qabul qilmoqda, Berlin. 

Hindistonda odatiy kun

AQSh Kongressi Isroilga 26 milliard dollarlik yordam ko'rsatishga qaror qilgani ortidan respublikachilarning Senatdagi lideri Chak Shumerning uyi oldida boshlangan norozilik namoyishini bostirishga jalb etilgan politsiya xodimlari, Bruklin, Nyu-York. 
 

Poyezdga shoshib ... Frankfurt, Germaniya.