Bugungi dunyo suratlarda - 30-aprel, 2024

Kiyevda 1645-yil ukrain kazaklarining rus shohiga sodiqlik bitimini imzolash jarayoni aks etgan yodgorlik olib tashlandi

30-aprel tongida Nyu-Yorkda Isroilning G'azo sektorida olib borayotgan harbiy harakatlariga qarshi talabalar Kolumbiya universiteti binosini egallab oldi. Binoga kirish eshiklarini bloklab, derazalardan Falastin bayroqlarini chiqarib qo'ydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolarda talabalar binoga kirish yo'laklarini mebellar va temir panjaralar bilan to'sayotgani aks etgan.
AQSh universitetlari bo'ylab Isroilga qarshi norozilik namoyishlari kuchayib borar ekan, hibsga olingan talabalar soni mingga yaqinlashmoqda. Universitetlar rahbariyati ta'limni vaqtincha onlayn rejimga ko'chirishga majbur bo'lgan. Yahudiy talabalar universitet binosiga kelishga qo'rqayotganini bildirmoqda.

G'azo aholisiga tankerlarda ichimlik suvi tarqatilmoqda, Dayr al-Balah, G'azo sektori markazi.

Jangga tayyorgarlik ko'rayotgan Isroil askarlari
Nayrobida yuz bergan toshqin tufayli ko'chirilgan oilalarning farzandlari bepul taom uchun navbatda, Keniya.
Daniya sohillarida yonayotgan kema
Nepalda Shivapuri Milliy parkida yong'in
Gaitida axlat titayotgan ayol
Hindiston nazoratidagi Kashmirda yog'ingarchilik ortidan Dal ko'li sathi ko'tarildi