Arab bahori G’arbdan ham siyosatni yangilashni talab qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Qohiraning "Tahrir" maydonida namoyishlar

“Arab bahori” avtoritar hokimiyatlarni nishonga oldi. Xalq talab qilgan demokratik islohotlarni amalga oshirish vaqti keldi. Xalqaro hamjamiyat arab dunyosidagi qo’zg’olon va namoyishlarni diqqat bilan kuzatmoqda. Yakkahokimlar bilan hamkorlik qilgan G’arb davlatlari inqilobchilar tomonda va siyosatni yangilash payti kelganini tushunib yetgan.

Arab dunyosi haqiqatda uyg'ondimi?

G‘arb Tunis, Misr va Liviyadagi o’zgarishlarni olqishladi. Lekin kelajak mavhum.

Xalqaro Amnistiya inson huquqlari tashkilotining Yaqin Sharq bo’yicha bosh eksperti Filip Lyuter deydiki, bu mamlakatlarda hokimiyatga kim keladi, hukumatlar qaysi siyosiy partiyalardan tarkib topadi, deya xavotir bor.

Inson huquqlari hurmat qilinadimi? Demokratik islohotlar-chi? Umidga to'la fuqarolarni ham, xafsalasi pir odamlarni ham uchratasiz.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi jarayonlarni nafaqat G’arb, balki Eron va Saudiya Arabistonidagi islomiy tuzumlar ham yaqindan kuzatib bormoqda.

Qohira, 20-dekabr 2011

Bir yil oldin inqilob yuz bergan Tunis nisbatan tinch. Misrda norozilik namoyoshlari avjida, harbiylar hokimiyatni boy bergisi yo’q. Liviyada isyonchilar milliy armiyaga qo’shilishdan bosh tortmoqda. Yamanda namoyishchilar xalqaro hamjamiyat tomonidan taklif etilgan islohotlar dasturini rad etdi, chunki u sobiq prezidentni avf etishni ko’zda tutadi.

Suriyada vaziyat og’ir. Bahrayn va Saudiya Arabistonida ham namoyishlar tinmayapti, jiddiy islohotlardan darak yo’q.

Arab bahori G’arbdan ham siyosatni yangilashni talab qilmoqda

“Bu jarayonning hali uzoq davom etishini hamma tushunib yetdi. Mashaqqatli kurash. To’lqin qay tomon ketadi bilmaymiz”, - deydi Yaqin Sharq bo’yicha mutaxassis Entoni Skinner.

Xalqaro hamjamiyat, xususan demokratiyaga undab kelayotgan G’arb vaziyatga qarab ish tutishi aniq, deydi siyosatdonlar.

Lekin Amerika va Yevropa Ittifoqi aniq-tiniq pozitsiyada turishi, oddiy xalq hayotini yaxshilaydigan, ijobiy o’zgarishlarga yetaklaydigan strategiya bilan chiqishi lozim.

O'tgan bir yil suratlarda:

Misrda inqilob, 11-fevral 2011