Bugungi dunyo suratlarda - 1-avgust, 2024
Hindistonning Kerala shtatida yuz bergan toshqin va ko'chki qurbonlari soni 194 kishiga yetdi. Uch kundan beri davom etayotgan qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida bedarak yo'qolganlarni topish umidi so'nmoqda.
AQSh rahbari Jo Bayden 1-avgust kuni bergan bayonotga ko’ra, Moskva bilan o’zaro mahkumlar almashinuvi jarayonlari boshlangan. Tarixiy kelishuvga ko’ra, amerikalik jurnalistlar Evan Gershkovich va Alsu Kurmasheva, sobiq harbiy Pol Vilan hamda AQShning doimiy rezidentlik maqomiga ega Vladimir Kara-Murza ozod etilib, o’z oilalari bag’riga qaytarilmoqda.
Polsha poytaxtida fashistlar Germaniyasiga qarshi isyonning 80 yilligi nishonlandi
Parij-2024: Germaniya, Britaniya va Niderlandiya jamoalarining sovrindorlari
Parij-2024: Chavandozlar bellashuvida Meksika vakili Xenk Gurreyro
Parij-2024: O'zbekistonlik Navbahor Hamidova amerikalik raqibi Morel Makkeynga zarba bermoqda
Baliqlar bilan siylanayotgan pingvinlar, Kronberg havvonot bog'i, Germaniya.
Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Trampning saylovoldi uchrashuvida hibsga olingan ayol, Pensilvaniya shtati.