Bugungi dunyo suratlarda - 16-avgust, 2021

Aholi sarosimada. Aeroportda tartibsizliklar kelib chiqdi. Guvohlarga ko’ra, AQSh askarlari havoga o'q uzishga majbur bo’lgan. Kobul, Afg'oniston.

Tolibon hokimiyatni egallar ekan, aholi mamlakatni tark etishga urinmoqda. Kobul, Afg'oniston.

Aeroportga shoshilayotgan afg'onlar. Kobul, 16-avgust, 2021.

Gavjum aeroport. Kobul, Afg'oniston.

Jo Bayden Afg'oniston masalasi yuzasidan milliy xavfsizlik kuchlari rasmiylari va boshqa amaldorlar bilan onlayn uchrashdi. Merilend, AQSh.

Hukumatga qarshi namoyishlar. Bangkok, Tailand.

Koronavirus qurboni qabristonga olib ketilmoqda. Shri-Lanka.

O'rmon yong'inlari davom etmoqda. Ispaniya.