Bugungi dunyo suratlarda - 19-avgust, 2019

Kobulda to'y marosimida yuz bergan portlash qurbonlarining dafn marosimi. 63 kishi o'lgan, 183 kishi yaralangan.  Afg'oniston. 

Gonkongda demokratiya talabi bilan o'tgan namoyish

Ganga va Yamuna daryolari sathi ko'tarilar ekan, ruhoniylar boshpanasini boshqa joyga ko'chirmoqda. Ollohobod, Hindiston. 

"Grace 1" nomi bilan ma'lum Eron neft tankeri Gibraltarni tark etar ekan, nomini "Adrian Darya"ga o'zgartirdi

"Mag'rur bolalar" va boshqa oq tanli irqchilar guruhlari namoyish o'tkazdi. Portland, Oregon shtati, 17-avgust, 2019.

Indoneziya mustaqilligining 74 yilligida. Jakarta.

Yong'indan so'ng. Daka, Bangladesh. 

Amerikalik Benji Brend musobaqa oldidan.  Taxiti, Fransuz Polineziyasi.