Bugungi dunyo suratlarda - 28-avgust, 2024

Afg'onistonlik qizlar Abdulloh bin Umar madrasasida Qur'onni mutolaa qilmoqda, Qandahor. 

XAMAS asir olgan 52 yoshli Qaid Farhan Alkadi ozod etildi

G'azoda yana bir bola jon berdi

Sudanda toshqin 

Gretsiya sohillariga tonnalab baliq o'liklari oqib chiqdi

Ispaniyada pomidor jangi - "La Tomatina" festivali
 
28-avgust kuni Ispaniyaning Valensiya tevaragidagi Bunyol shaharchasida an'anaviy "La Tomatina" festivali bo'lib o'tdi. 22 mingga yaqin odam qatnashgan "Pomidor jangida" 150 mingdan ziyod pomidor otilgan. Festival Ispaniyaga minglab sayyohlarni jalb qiladi. Ayrim guruhlar festivalni isrofgarchilik uchun tanqid qiladi.

Iqlim o'zgarib borar ekan, Shveysariya muzliklarining joriy holati o'rganilmoqda

Janubiy Afrika sohillarida sovuq ob-havo fronti hukmron: to'lqinlar ko'pirmoqda