Belarusdagi saylovda Lukashenkoga moyil partiyalar qo’li baland keldi

  • Amerika Ovozi

Belaruslik ayol saylov varaqasini to'ldirmoqda. 23-sentabr, 2012-yil.

Belarusda parlament saylovlarida prezident Aleksandr Lukashenkoga xayrixoh partiyalar qo’li baland kelgani aytiladi.

Asosiy muxolif partiyalar saylovni soxta deya boykot qilgan edi. G’olib 109 nomzodning barchasi hukumat tarafdorlari.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish



Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ovoz berish jarayonini kuzatish uchun 300 dan ziyod vakil jo’natgan edi.

Tashkilotning bugungi bayonotiga ko’ra, “saylov erkin o’tishi uchun xalq erkin fikrlash, tanlash kabi imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak va Belarusda bular kuzatilmagan”.

Prezident Aleksandr Lukashenko


Lekin bu xalqaro idora Belarus taraqqiyoti yo’lida birga ishlashga tayyor ekanini ta’kidlamoqda.

Davlatni 18 yildan beri boshqarayotgan prezident Lukashenko oppozitsiyaning qarorini “qo’rqoqlik” deya ta’riflab, xalqqa aytadigan gapi yo’q ularning, deydi.

Amerika Lukashenkoni so’z erkinligi, inson huquqlarini poymol qilganlik va muxolifatni ezganlikda ayblab, tandiq qiladi va Yevropaning oxirgi diktatori deb hisoblaydi.