G’arb Lukashenkoni yangi sanksiyalar bilan jazoladi

  • Amerika Ovozi

G’arb Lukashenkoni yangi sanksiyalar bilan jazoladi

AQSh va Yevropa Ittifoqi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va uning safdoshlariga qarshi yangi sanksiyalar joriy etgan.

Siyosiy bosim, aholiga tazyiqda tanqid qilinayotgan bu shaxslarga endi, xususan, viza berilmaydi.

Davlat departamenti iqtisodiy sanksiya ham qo’ygan.

Belarus rasmiylari namoyishchilarni jazolash, muxolifatni qamab, odamlarni ta’qib qilish bilan mashg’ul va Qo’shma Shtatlar jazo chorasi ko’rishga majbus, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Yevropa Ittifoqi Lukashenko va bir necha rasmiy, jami 150 kishining hisob raqamlarini ham to’sgan.

AQsh va Yevropa Belarus fuqarolik jamiyati, mustaqil matbuot va demokratiyani bayroq qilgan siyosiy partiyalarga yordamni oshirmoqda.

Belarus hukumati sanksiyaga munosib javob berish niyatida.

O’tgan yilning dekabrida Belarusda prezident saylovlari o’tib, Lukashenko g’olib deb topilgan. Yevropa kuzatuvchilari jarayonni noqonuniy, deb ta’riflagan.

Saylovdan keyin avj olgan namoyishlar kuch bilan bostirilib, yuzlab odam qamoqqa tashlangan, jumladan, prezidentlikka bir necha nomzod ham. Bu arboblar o’tgan hafta ozod qilindi.