AQSh vitse-prezidenti Moskvada muzokara qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Moskva, 9 mart 2011

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Rossiya, Finlyandiya va Moldovaga safar qilar ekan, bugun Moskvada prezident Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.

Ikki davlat munosabatlaridan tashqari Yevropada raketaga qarshi mudofaa tizimini o'rnatish rejasi, Rossiyaning Jahon savdo tashkilotiga a'zolik imkoniyatlari va Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama etildi.

AQSh vitse-prezidenti Moskvada muzokara qilmoqda

"Rossiyani tashkilotga a'zo qilish kun tartibidagi end muhim masala. AQSh sarmoyadorlarining Rossiya adliya tizimiga ishonchini oshirish lozim va bu Rossiya zimmasida", - deydi Bayden.

Xorijlik biznesmenlar nazarida mamlakatda korrupsiya chuqur ildiz otgan, sud tizimi mustaqil emas.

Bayden, shuningdek, rossiyalik ishbilarmonlar bilan ham uchrashib, AQShning "Boeing" samolyotsozlik kompaniyasi va Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi o'rtasida oltita B-777 samoyotlarini sotib olishga qaratilgan bitimni imzolash marosimida ishtirok etdi.

Ertaga Amerika vitse-prezidenti Bosh vazir Vladimir Putin bilan uchrashadi.