Bishkekda jurnalistlar qayin daraxti ekdi

  • Amerika Ovozi

Bishkek, Qirg'iziston

3-may kuni Bishkekda jahon so‘z erkinligi kuni munosabati bilan jurnalistlar birdamlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdagi ommaviy axborot vositalari ishtirok etgan ushbu tadbir doirasida Jurnalistlar alleyasiga 50 tup qayin daraxti o‘tqazildi.

Shuningdek, jurnalistlarning kasbiy birdamligi masalalarini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda mamlakatdagi 20 dan ortiq turli ommaviy axborot vositalari qatnashdi.