Toni Bleyer: Iroqqa qo’shin tortish juda og’ir qaror bo’lgan

  • Amerika Ovozi

Bleyer o’sha paytda to’plangan razvedka ma’lumotlari xato bo’lganini tan oldi.

Britaniya sobiq Bosh vaziri Toni Bleyer Iroq urushi yuzasidan tanqidiy hisobotga o’z munosabatini bildirdi.

2003-yilda bu mamlakatga qo’shin tortish juda og’ir qaror bo’lgan, deydi u.

Bleyer o’sha paytda to’plangan razvedka ma’lumotlari xato bo’lganini tan oldi. Iroq xalqini diktatordan xalos qilmoqchi bo’ldik, ammo o’lka mazhabiy terrorizm domiga tortildi, deydi sobiq bosh vazir. Bleyer bundan afsusda ekanini aytadi.

“Ayrimlar nazarida, Saddam Husayn hokimiyatda qolganida bugun Yaqin Sharq terrorizm bilan yuzlashmagan bo’lardi. Men bu fikrga mutlaqo qo’shilmayman”, - deydi Toni Bleyer. Saddam dunyo tinchligi uchun tahdid va o’z xalqi uchun ofat bo’lgan, deydi u.

Britaniya hukumati tuzgan komissiya 13 yil oldingi urushni boshlash uchun keltirilgan sabablar va uning oqibatlarini yetti yil davomida o’rgandi.

Xulosa shuki, Iroqda ommaviy qirg’in qurollari borligi va uning tahdidi bo’rttirib ko’rsatilgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Iroq urushi, 10 yil/Iraq war anniversary