AQShda irqchilikka qarshi yana namoyishlar

  • Amerika Ovozi

AQShning Kentuki shtatida katta hakamlar hay’ati mart oyida o’z uyida politsiyachilar tomonidan otilgan qora tanli Breonna Teylorning ishi bo’yicha sudlangan ikki politsiyachini oqlashi va biriga yengil jazo belgilashi ketidan shtat poytaxti Luisvillda norozilik namoyishlari boshlanib, ikki politsiyachi o’q yegan.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 24-sentabr, 2020-yil

13-mart kuni qoradorini musodara qilish maqsadida Teylorning uyiga kirgan politsiyachilarga ayolning yigiti o’q uzganidan so’ng posbonlar javob o’qi bilan Teylorni o’ldirgan. Tibbiy xizmatchi bo’lib ishlagan ayolga beshta o’q tekkan. Narkotiklar uydan chiqmagan.

Voqeadan so’ng oq tanli uch politsiyachidan birigina ishdan haydalgan va aynan shu politsiyachi qo’shni uy tomonga o’q uzgani uchun yengilroq jazoga tortiladi.

Hay’at qaroriga ko’ra, politsiyachilar o’zini himoya qilish maqsadida o’q uzishga majbur bo’lgan. Qarordan norozi omma ko’chaga chiqib namoyish qildi.

Hay’at qarori boshqa shtatlarda ham xalq noroziligiga sabab bo’ldi. Oregon shtatining Portlend shahrida ba’zilar politsiya mahkamasining oldida to’plandi.

Namoyishlar Nyu-York, Chikago, Vashington, Atlanta, Filadelfiya shaharlarida ham kuzatilgan.